Farg‘onada o‘rganishlar olib borayotgan quyi palata deputati Sayyora Jumayeva “Milliy tiklanish” tomonidan “Xizmat – beminnat” loyihasi doirasida viloyat markazining “Mash’al” mahallasida tashkil qilingan tikuvchilik markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazning avval o‘qitib, keyin 50 nafar ayolni ish bilan ta’minlagani e’tiborga molik.
Deputat “Green Organic” kichik korxonasida ham bo‘ldi. Tadbirkor ko‘p qavatli binoning yerto‘lasida tejamkor texnologiyalar yordamida 45 xil turdagi noyob ko‘chatlarni yetishtirmoqda. Ha, izlagan imkoniyat, izlanmagan bahona topadi, deganlari shu bo‘lsa kerakda.