574 03.03.2025
Oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq qonun 1997-yilda qabul qilingan bo‘lib, bugungi kun talabiga mutlaqo javob bermay qoldi. Natijada esa bu bilan bog‘liq kasalliklar ko‘payishiga ham sabab bo‘lyapti. Misol uchun, 2018–2022-yillarda ovqatdan zaxarlanish holatlari 284 bor qayd etilgan. Shu bois, ushbu qonun xalqaro talablardan kelib chiqib qayta ishlab chiqildi va fraksiya yig‘ilishida birinchi o‘qishda bir ovozdan ma’qullandi.
Alisher Qodirov: oziq-ovqat xavfsizligi salomatlik bilan bog‘liq ekan, “Milliy tiklanish” bu masalaga jiddiy eʼtibor qaratadi. Partiyamizning Saylovoldi dasturida xalqimiz genafondini asrash ustuvor masala sifatida belgilangan.