658 03.03.2025
Global darajada ob-havoning keskin o‘zgarishi qishloq xo‘jaligi hosildorligiga ham salbiy taʼsir ko‘rsatyapti. Bu sohada tavakkalchiliklarni sug‘urta qilishga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirmoqda.
Fraksiya yig‘ilishida shu maqsadda ishlab chiqilgan qonun loyihasi qizg‘in muhokama qilingani bejiz emas. Mamlakatimiz aholisi soni bugun 37 mln dan oshdi.
2030-yilga kelib bu ko‘rsatkich 43 mln ga yetishi kutilyapti. Bu esa aholining oziq-ovqatga talabini 1,2 baravarga oshiradi.