To‘ylar va chiqindilar masalasida yangi tartiblar kerak


574     04.03.2025

Esimni tanibmanki, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislarining sog‘lik uchun eng avvalo, toza havo, toza ichimlik suvi, to‘g‘ri ovqatlanish hamda jismoniy faollik zarurligi haqidagi gaplarini eshitib kelaman. Ammo shunga qaramay, atrof-muhitga munosabatimiz yomonlashsa, yomonlashyaptiki, ijobiy tomonga o‘zgarmayapmiz. Iqlimshunoslarning bunday xulosasi bejiz emas, albatta. Biz buni chiqindilarga munosabatda ham ko‘ryapmiz. Bu masalada odamzot na daryoni, na dengizu, na o‘rmonlarni ayamay qo‘ydi. Madaniyati haminqadar kimsa borki, chiqindini istagan joyga tashlashga odatlandi. Uyatli tomoni shundaki, biz bu masalada anchagina ilg‘orlar ro‘yxatida turibmiz...

Balki shuning uchun ham mamlakatimizda chiqindini qayta ishlash va bu boradagi ishlarni isloh qilish borasidagi chora-tadbirlarga qaramay, natijalar qog‘ozlarda ko‘rinyapti, xolos.

BMT ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda har yili 92 million tonna to'qimachilik sanoati chiqitlari poligonlarga chiqarib tashlanarkan. Global miqyosida to'qimachilik sohasi chiqitlarining 73 foizi esa yoqib yuboriladi yoki chiqindi poligonlariga ko'miladi.

Dunyo bo'yicha to'qimachilik tarmog‘i chiqmdilarinimg faqat 13 foizi qayta ishlansa, 1 foizdan kamrog'i yangi kiyim-kechakka aylanarkan. Misol uchun, Germaniyada har yili 1 mln. tonna to'qimachilik chiqindisi to'planadi. Uning taxminan 60 foizidan qayta foydalaniladi. Qolgani esa tozalash uchun ishlatiladigan materiallarni tayyorlash maqsadida qayta ishlanarkan. Faqat 4 foizigina ko'milarkan.

Shu o'rinda qog'oz chiqindiga tashlangach, 3 oy o'tganidan keyingina chirishni boshlashini aytish joiz. Yoki plastik, polietilen xaltachalar biologik komponentlarga ajralishi uchun 400-450 yil talab etilsa, shisha million yildan keyingina to'la yo'qolishi mumkin ekan. Mutaxassislarning aytishicha, bu chiqindilarning 80 foizini organik moddalar tashkil qiladi va ularni qayta ishlash natijasida katta miqdorda energiya ishlab chiqariladi.

Tarixiy manbalarda yozilishicha, munitsipal darajadagi ilk chiqindixonalar Afinada eramizdan avvalgi 400 yilda tashkil etilgan, barcha chiqindilar maxsus savatlarga solinib, keyinchalik shahar tashqarisiga olib chiqib tashlangan ekan. “Oila va tabiat” gazetasidagi hamkasblarimizning yozishlaricha, bunday tajriba qadimgi Rimda ham qo'llanilgan. Bugungacha ham Rimning janubiy-g'arbida chiqindilardan tashkil etilgan sun'iy Monte-Testachcho tepaligi saqlab qolingan. Bu tepalikni olimlar yer yuzidagi eng qadimiy chiqindixona deb atashadi...

Tarixchilarning fikricha, o‘rta asrlarda ham Yevropa ko‘chalaridagi chiqindi va axlatlar ommaviy kasalliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Vabo epidemiyasi keng tarqalgan XV asrga kelibgina bir qator shaharlarda ko‘chalarni axlat va chiqindilardan tozalash masalasi siyosat darajasiga ko‘tarilgan. Sanoat asriga kelib esa shaharlarda suv quvurlari paydo bo'ldi. XX asrda yaratilgan yangi texnologiyalar davrida esa faqat ovqat qoldiqlarigina chiqindi sifatida ko'rilgan bo‘lsa, endilikda karton, plastik, kimyoviy va tibbiy jihozlarning qoldiqlari ham chiqindilar ro‘yhatiga kiritildi. Lekin ularni ql yo‘q qilish tartibi o'zgarmay (qolaverdi. Ya'ni, chiqindilar ko‘milgan, okeanga uloqtirilgan yoki yoqilgan. XX asrning ikkinchi yarmiga kelibgina yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida (CHYM) amal qilinadigan bo‘ldi. Ammo, afsuski...

Hisob-kitoblarga ko‘ra, maishiy chiqindilarning yillik hajmi taxminan 14-14,5 mln. tonna atrofida bo‘lib, aholining o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olsak, ushbu ekologiya bilan bog liq bu muammoga inson salomatligi va tabiiy inqirozlardan kelib chiqib, e’tibor qaratila boshlandi.

O‘zini hurmat qilgan, kelajagi uchun qayg'urgan davlatlar esa bu masalaga chindan ham hayot-mamot masalasi deb qaray boshladi. Masalan, kunchiqar yurt aholisi allaqachon chiqindilar bilan bog'liq muammoga yechim topib, buni madaniyat darajasigacha ko‘tara oldi. Ya'ni, yaponlar chiqindilarni turiga qarab ajratadi va pullaydi. Pekinliklar ham har kuni ertalab uylaridan chiqqan axlatlarni chiqindi yig‘uvchilarga sotishadi.

To‘g‘ri, bizda ham 2024-yildan boshlab qattiq maishiy chiqindilarni saralash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tilyapti. Poytaxt ko‘chalari, viloyat, shahar hamda tuman markazlariga chiqindi idishlari o‘rnatildi. Yangi tizimga ko‘ra,ushbu tartibga 2024-2026 yillarda Toshkent, Angren, Andijon, Buxoro va Termiz shaharlari, shuningdek, Toshkent viloyatidagi ko‘p qavatli uylar joylashgan hududlardagi chiqindi yig‘ish maydonchalarida (CHYM) amal qilinadigan bo‘ldi. Ammo, afsuski...

Hisob-kitoblarga ko‘ra, maishiy chiqindilarning yillik hajmi taxminan 14-14,5 mln. tonna atrofida bo‘lib, aholining o‘rtacha 1,5 foizga ko‘payish sur’atini hisobga olsak, ushbu ko‘rsatkich 2028-yilda 16-16,7 mln. tonnaga yetarkan. Bunday xulosalardan esa yuqorida ta’kidlanganidek, o‘zi va kelajak avlodlari taqdirini o‘ylaganlar jiddiy xulosa chiqaradilar. Ammo hozircha, bizda bunday o‘zgarish deyarli sezilmayapti.

To‘g‘ri, aslida chiqindilarni turlarga ajratish va qayta ishlash 2012-yilda boshlangan, biroq ming afsuski, aholi o‘rtasida chiqindilarni saralash, ularni ochiq suv havzalari yoki aholi yashash joylariga tashlamaslik ko‘nikmasi to‘la shakllanmadi.

Bas shunday ekan, muammo ko‘lami kun emas, soat sayin kengayayotganini inobatga olib, bu borada jiddiyroq tartiblar joriy etish vaqti kelganini aytish kerak. Ya’ni, bu masala parlament darajasiga ko‘tarilishi lozim. Aks holda...

 

Mahbuba KARIMOVA,
“Milliy tiklanish” muxbiri
“Milliy tiklanish” gazetasining 2025-yil 26-fevral sonidan olindi