Yangiliklar


62

Xalq vakillari vakolati kengaytirilmoqda, ammo...

Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filialida “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati hamda tuman va shahar partiya tashkilotlarining qo‘shma Plenumi bo‘lib o‘tdi

Plenumni viloyat Kengashi raisi, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Rajabboy Ro‘zmetov ochib, kengashining 2021-yil yakunlari va 2022-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida maʼruza qildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya deputatlik guruhlarining faoliyati tanqidiy-tahliliy ko‘rib chiqildi. Deputatlik guruhlari faoliyatini kuchaytirish, bu yo‘nalishdagi ishlarni samarali tashkil etish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tegishli takliflar o‘rtaga tashlandi.

R.Ro‘zmetovning taʼkidlashicha, deputatlarga bo‘lgan talab va masʼuliyat kundan kunga oshib boryapti. O‘z navbatida, xalq vakillari vakolati ham kengaytirilmoqda. Bundan to‘g‘ri xulosa chiqargan mahalliy kengashlardagi deputatlik guruhlarimiz faoliyati ham eʼtirofga loyiq. Ammo kengash sessiyalariga bironta ham tashabbus-masala kiritmagan guruhlar ham bor.

Yig‘ilishda partiya viloyat Kengashi raisining birinchi o‘rinbosari G‘.Yusupov viloyat Kengashi Ijroiya qo‘mitasi aʼzolari tarkibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida maʼruza qildi. Shuningdek, 2021-yil uchun umumlashtirilgan smetasi ijrosi hamda 2022-yilga mo‘ljallangan smetasi hamda aʼzolik badallari tushumi to‘g‘risidagi masalalar ham ko‘rib chiqildi. Bu borada fikr almashinildi, takliflar bildirildi.