Qonunchilikda bo‘shliq qoldirilmasligi kerak


661     17.03.2025

Fraksiya yig‘ilishida bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi. Loyihada 14 yoshga to‘lmaganlar bilan jinsiy aloqa qilish nomusga tegish bilan baravar og‘irlikda jazoga tortish nazarda tutilmoqda. Endi bunday shaxslar 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi.

Fraksiya a’zolari ushbu norma nikoh yoshigacha, ya’ni 14 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lganlarga qo‘llanilmayotganiga eʼtiroz bildirdi. Qonunchilikdagi mazkur bo‘shliq ertaga bu yoshdagi bolalarga nisbatan bunday holatlar ko‘payishiga sabab bo‘lmaydimi?