Avvalo muqobili qo‘llanilishi kerak


996     17.03.2025

“Milliy tiklanish” fraksiyasi qonunchilikka kirib kelayotgan xalqaro so‘zlarning o‘rniga avvalo o‘zbekcha muqobilini qo‘llash yoki izohi bilan berishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Navbatdagi qonun loyihasida ham ushbu tashabbus o’z kuchini ko’rsatdi.

Jumladan, fraksiya taklifi bilan ayrim xo‘jalik jamiyatlarining ijro organi, kuzatuv kengashi hamda majoritar aksiyadorlarining masʼuliyatini oshirishga qaratilgan qonun loyihasidagi “majoritar” so‘zi “hal qiluvchi ovozga ega” izohi bilan beriladigan bo‘ldi.