669 17.03.2025
Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, 2025-yil 1-fevraldan boshlab Bolalar musiqa va sanʼat maktablarining kommunal to‘lovi davlat byudjeti hisobidan qoplanishi kerak edi. Biroq Madaniyat vazirligi bu bo‘yicha o‘z vaqtida zarur hisob-kitoblarni taqdim etmagani sababli, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kerakli mablag‘ni ajratishni kechiktirmoqda.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi Ruslan Jumamuratov aynan ushbu masalada Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga deputatlik so‘rovi yubordi.
Endi vazir quyi palata deputatiga 10 kundan kechiktirmay zarur hisob-kitoblarni taqdim etmagani sababi bo‘yicha izoh berishi kerak.