691 01.01.1970
Shu kunlarda Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Xalqaro “Navro‘z” yoshlar forumi bo‘lib o‘tyapti va unda “Milliy tiklanish” partiyasidan Yoshlar parlamentiga saylangan vakillar ham qatnashmoqda.
20 dan ortiq davlat vakillari ishtirokida o‘tayotgan tadbirda yoshlar Navro‘zi olam va madaniy aloqalar, “Yashil tashabbuslar va ekologiya”, tadbirkorlik va startaplar uchun “Innovatsion kelajak” bo‘yicha fikr almashmoqda. “Navro‘z bizni birlashtirdi va yangi imkoniyatlar sari yo‘l ochmoqda!” deya taʼkidlamoqda yoshlar.