662 19.03.2025
Partiyaning Navoiy viloyati Kengashi aʼzolari hamda deputatlar “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etmoqda. Jumladan, loyiha doirasida Karmana va Konimex tumanlarida o‘tkazilgan aksiyalarda ishtirok etib, 10 gektarli bog‘ barpo etilishiga munosib hissa qo‘shdilar.
– “Milliy tiklanish”ning Saylovoldi dasturida yoshlar turmush qurganda, farzand tug‘ilganda yaxshi niyatda daraxt ekish odatini ommalashtirish bo‘yicha vazifalar belgilangani bejiz emas. Daraxt ekish ham ota-bobolarimiz udumi, qadriyatimiz sanaladi, – deydi viloyat Kengashi raisi Ilhom Rajabov.