555 20.03.2025
Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham “Milliy tiklanish”ning “Siyosatchi ayollar klubi” o‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda klub Nizomi, maqsad va vazifalari haqida maʼlumotlar berildi.
Maʼlumki, partiya Markaziy kengashining 2025-yil yanvar oyida o‘tkazilgan Plenumida 2020-yildan buyon faoliyat ko‘rsatayogan “Deputat ayollar klubi” tarkibi, maqsad va vazifalari kengaytirilib, uning o‘rniga “Siyosatchi ayollar klubi”ni tashkil qilishga qaror qilingan edi. Klub endilikda faxriy va sobiq deputatlar, siyosatga qiziquvchi barcha xotin-qizlarni ham birlashtirib, tom maʼnodagi siyosatchi ayollarning mahorat maktabiga aylanmoqda.