Andijonda korrupsion holat o‘rganildi


646     25.03.2025

Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengash yig‘ilishida parlamentning masʼul qo‘mitalariga mahallalarga tushib, bu illatning kelib chiqish sabablarini o‘rganishi bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yilgan edi. Sababi bunday jinoyatlarning 75 foizi tuman va mahallalarda maishiy korrupsiya shaklida sodir etilmoqda.

Shundan kelib chiqib, quyi palataning Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi, "Milliy tiklanish" fraksiyasi a'zosi Jahongir Shirinov Andijonda bo‘ldi. Deputat dastlab jinoyatchilik bo‘yicha shtab ishi bilan tanishdi. So‘ngra “qizil” toifaga kiritilgan “Sanoat” mahallasi aholisi bilan uchrashdi. Ichki ishlar bo‘limlari faoliyatini o‘rgandi.

Maʼlumotlarga qaraganda (https://daryo.uz/k/2025/03/20/andijonda-bir-yilda-qancha-mansabdor-korrupsiya-ortidan-jabvobgarlikka-tortilgani-ochiqlandi), viloyatda 2024-yilda 502 ta korrupsiyaviy va mansabdorlik jinoyati sodir etilgan bo‘lib, 820 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bundan davlat manfaatiga 125,7 mlrd so‘m zarar yetkazilgan.