Jinoyatchilikni jazolash emas, oldini olish muhim


548     26.03.2025

Farg‘ona viloyati jinoyatchilik bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga ega hududlardan biri (https://stat.uz/uz/?preview=1&option=com_dropfiles&format=&task=frontfile.download&catid=469&id=3707&Itemid=1000000000000) hisoblanadi. Viloyatda o‘tgan yili 10 ming aholiga nisbatan 34,8 ta jinoyat qayd etilgan. Ushbu viloyatda bo‘lgan Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi, "Milliy tiklanish" fraksiyasi a'zosi Jahongir Shirinov jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha ishlar bilan tanishdi. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan “ijtimoiy profilaktika” shtabi hamda “Kiberxavfsizlik laboratoriyasi” faoliyatini o‘rgandi.

Bog‘dod tumanida esa sog‘liqni saqlash, kadastr, arxitektura va qurilishlarda korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Deputat jinoyatchilikni jazolash emas, oldini olish bo‘yicha takliflarni berdi.