Masʼullar eʼtibor qaratmagan masalaga deputat aralashdi


676     26.03.2025

Qashqadaryolik deputatimiz Feruza Eshonqulova saʼy-harakati bilan viloyat markazidagi katta yo‘l bo‘yida joylashgan 31-sonli maktab o‘quvchilari endi ko‘chadan xavfsiz o‘tadigan bo‘ldi. O‘qituvchilar esa “jonli svetofor” balosidan qutildi.

Gap shundaki, 1667 nafar o‘quvchi maktabga har kuni svetafor bilan tartibga solinmagan serqatnov katta yo‘ldan jon hovuchlab o‘tishga to‘g‘ri kelar edi. Murojaatlarga masʼullar eʼtibor qaratmas, o‘qituvchilar esa navbati bilan svetofor vazifasini o‘tashga majbur edi.