Hali qilinadigan ishlar bor


674     27.03.2025

Aholiga transport xizmati ko‘rsatishda “O‘zbekiston temir yo‘llari”da ham yetarlicha muammolar borligini ijtimoiy tarmoqlar bot-bot oshkor qilib qo‘ymoqda. “Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzolari, partiyaning Toshkent shahar Kengashi vakillari, mahalliy deputatlar ham yaqinda Markaziy temiryo‘l vokzalida bo‘ldi.

To‘g‘ri, yo‘lovchilar manfaati uchun qilinayotgan ishlar ko‘p. Lekin o‘rganishlarda ayrim vagonlarda tozalikka rioya qilinmayotgani, yetarlicha soyabonlar o‘rnatilmagani aniqlandi. Shuningdek, “Afrosiyob” vagonlariga kuzatuv kameralari o‘rnatish, “taksi” xizmatini yaxshilashga ehtiyoj bor.