Imidjning faoliyatimizdagi o‘rni qanchalik muhim?


1023     27.03.2025

Lug‘atimizga imi-jimida kirib kelgan “imidj” so‘zining tilimizdagi muqobili juda ko‘p bo‘lsada, u allaqachon muomalamizda muqim o‘rnashib bo‘ldi.

Xo‘sh, imidj nima o‘zi va u nimalardan tashkil topadi? Partiya vakillari imidjni shakllantirishda nimalarga eʼtibor qaratishi lozim? Imidj uchun tashqi ko‘rinish muhimmi yoki ichki fazilat? Imidjning shaxsiy qadriyatlarimizdagi o‘rni qanday bo‘lishi kerak?   

O‘quv-tadqiqot va tahlil markazi tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi o‘quv-seminarda Davlat boshqaruv akademiyasi dotsenti, psixolog Raʼno To‘raxo‘jayeva avvalo imidjning mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida keng maʼlumotlar berdi. So‘ngra partiya xodimlarining bu bo‘yicha qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.