670 28.03.2025
Partiyaning Surxondaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan Termizda milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va anʼanalarimizni tarannum etuvchi tadbir tashkil qilindi. Uning doirasida boysunlik sanʼatkorlar nay va chanqovuzda milliy kuylarni chalgan bo‘lsa, yosh baxshilar termalar aytishdi. Laparchi momolaru yosh qizlarning ijrolari barchada katta taassurot qoldirdi. Havaskor yosh rassomlar ko‘rgazmasi ham namoyish etildi.
Maqsad “Milliy tiklanish”ning dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, milliy anʼana va urf-odatlarimizni ulug‘lash, o‘zbekona kiyinish madaniyatini va asrlar osha sayqal topayotgan milliy kuy-qo‘shiqlarni targ‘ib qilish, yosh avlodni qadriyatlarimiz ruhida tarbiyalashdan iboratdir.