Maishiy korrupsiyaga olib kelayotgan omillar aniqlandi


1007     28.03.2025

Fraksiyamiz aʼzosi Kozim Tojiyev kriminogen vaziyat va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Xorazmning qator shahar va tumanlarida bo‘ldi. Sog‘liqni saqlash, taʼlim, qurilish, kadastr tashkilotlarida bo‘lgan ishchi guruh a'zolari maishiy korrupsiyaga olib kelayotgan omillarni aniqladi. Tegishli idoralar bilan hamkorlikda ularni hal qilish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqildi.

“Namunali xavfsiz ko‘cha” va “Namunali xavfsiz yo‘lak” bo‘yicha qilinayotgan ishlar o‘rganilib, samaradorligi baholandi. Shuningdek, fuqarolar murojaatiga o‘z vaqtida javob qaytarish, jinoyatlarning qatʼiy hisobga olinishini nazorat qilish tizimi ham tahlil qilindi.