619 28.03.2025
Fraksiyamiz aʼzolari yana safarda. Deputatlar Dilnoza Azizova va Sayyora Jumayevalar partiya dasturidagi vazifalardan kelib chiqib, Farg‘onaning Quva tumanida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qilinayotgan ishlar bilan tanishdi. Ishlab chiqarish korxonalarida bo‘lib, eksportbop serhosil mahsulotlarni mahallada sotib olishni yo‘lga qo‘yish masalalarini o‘rgandi. Sayxunobod tajribasi asosida aholini mahsulot yetishtirishga o‘rgatish, intensiv bog‘lar tashkil etish orqali odamlarning daromadini oshirish borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O‘rganishlardan aniqlanishicha, tumanning 16 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 3,35 gektar yerda issiqxona tashkil etilmoqda. 252,2 gektar ekin maydoni esa intensiv gilos bog‘ tashkil qilish maqsadida “E-auksion” platformasi orqali ochiq savdoga qo‘yilgan. O‘rganishlar Beshariq tumanida ham davom etmoqda.