Yangiliklar


81

ENG MUHIMI,OMMA UYG‘ONDI!

Ayni paytda jamoatchilik, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p muhokama qilinayotgan mavzu bu, shubhasiz, konstitutsiyaviy islohotlar mavzusidir. Nafaqat siyosatchilar va huquqshunoslar, fuqarolik jamiyatining barcha institutlari, yaʼni aholining keng qatlami ertangi kunimizni yanada barqaror, xalqimizni farovon etishga xizmat qiladigan   Bosh Qomusimizni takomillashtirish jarayonida faol ishtirok etmoqdalar.

Konstitutsiyaviy islohot­larni o‘tkazish tashabbusi ilgari surilgandan ke­yingi 20 kun davomida kons­titutsiyaviy komissiyaga 19200 ga yaqin  tak­liflar kelib tushgani esa yurtdoshlarimizning bugungi o‘zgarishlarga tom maʼnoda daxldorlik hissi bilan munosabatda bo‘layotganligini ko‘rsatmoqda. Shu o‘rinda, takliflar uchun elektron platforma, kol-markaz, telegram boti yaratilgani bois xalqimiz o‘zining faol fuqarolik pozitsiyasini keng namoyon etmoqda.

Konstitutsiyaviy islo­hotlarning mohiyati, fuqa­rolarni qiziqtirgan savollar va kelib tushayotgan tak­liflar bo‘yicha esa davlat va nodavlat telekanallarida 549 ta ko‘rsatuv, 325 ta eshittirish, internet va ijtimoiy tarmoqlarda 3490 ta chiqishlar qilinib, ularni internet tarmog‘ida 25 mln dan ortiq foydalanuvchilar kuzatgan. 20 mln dan ortiq fuqaro esa izohlar qoldirgan.

Ushbu nihoyatda muhim siyosiy jarayonga aholining barcha qatlamini yana-da kengroq jalb etish maqsadida mobil operatorlar tomonidan 30 mln dan ziyod abonentlarga fuqarolik pozitsiyalarini bildirish uchun eslatmalar jo‘natildi. Eng asosiysi, konstitutsiyaviy komissiya yoki siyosatchilar tomonidan konstitutsiyani o‘zgartirish uchun takliflar tayyorlanib, ularga nisbatan aholi munosabatini olish emas, balki har bir fuqarodan kons­titutsiyaviy islohotlarga nisbatan takliflar olish maqsad qilinganini qayd etish joiz.

Yana bir quvonarli holat, konstitutsiviy komissiya yig‘ilishlari, kelib tushgan takliflar asosida tayyorlangan moddalar muhokamasi jonli efirga uzatilayotganidir.

Qayd etish lozim, kons­titutsiyani isloh qilish bo‘yicha 9 ta yo‘nalish bo‘yicha aholi tomonidan jamoaviy shakl­lantirilgan g‘oya va tak­liflar kelishi kun sayin ortib bormoqda. Agar ana shu tak­liflar asosida Konstitutsiyaviy komissiyaning birinchi yig‘ilishida 10 ta modda muhokama qilingan bo‘lsa, kechagi ikkinchi yig‘ilishda 41 ta g‘oya yuridik jihatdan rasmiylashtirilib, 24 ta modda muhokama qilindi.

Kelib tushayotgan takliflarda inson huquqlari va erkinliklari, monopo­liyani cheklash, davlatning iqti­sodiyotdagi o‘rnini kamaytirish, oila va mahalla institutlarini kuchaytirish, ijtimoiy himoya kabi muammolar ko‘proq tilga olinayotgani esa aholi tomonidan jamiya­timizdagi real voqelik aks etayotganidan dalolatdir.

 

Nodir TILAVOLDIYEV,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati