776 07.04.2025
Toshkent anjumanida qardosh Ozarbayjondan ham bir guruh vakillar, jumladan, Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi Parlament Assambleyasi bosh kotibi Asaf Gajiyev ishtirok etmoqda.
“Ozarbayjonlik hamkasblarimiz Yangi O‘zbekiston islohotlarini yuqori baholab, mamlakatimizni ham ushbu mintaqaviy tuzilmaga ishtirok etishga taklif qildi”, – deydi mehmonlarga hamrohlik qilayotgan fraksiyamiz aʼzosi Sherzod Qulmatov.
Qarorgohi Istanbulda joylashgan ushbu tashkilot 1993-yilda tashkil qilingan bo‘lib, hozirda unda 13 ta davlat ishtirok etmoqda.