695 07.04.2025
Fraksiyamiz aʼzosi Nodir Tilavoldiyev Parlamentlaro ittifoq assambleyasi doirasida o‘tkazilgan Demokratiya va inson huquqlari doimiy qo‘mitasi majlisida so‘zga chiqib, O‘zbekistonda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Tadbir ishtirokchilari yurtimizning bu boradagi natijalarini yuqori baholadi. Jumladan, O‘zbekiston vakilining tarixda ilk bor 3 yil muddatga BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga saylangani, milliy parlamentimizda xotin-qizlarning ulushi bugungi kunda 38 foizga yetgani, 100 nafar falastinlikning vaqtincha yurtimizga olib kelinib, ijtimoiy ko‘mak berilgani alohida eʼtirof etildi.