Parlamentlararo ittifoq assambleyasida


514     09.04.2025

Fraksiyamiz aʼzosi Jahongir Shirinov va Misr Arab Respublikasi Vakillar palatasi Spikeri Xanafiy Ali Gebali o‘rtasida o‘tgan suhbatdan:

Jahongir Shirinov: men “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi vakiliman. Partiyamiz xalqimizning milliy qadriyatlari, boy madaniy merosi, osori-atiqalarini saqlash hamda targ‘ib etishni ustuvor vazifa deb biladi.

Xanafiy Ali Gebali: juda ajoyib. Bizda ham osori-atiqalarga masʼul vazirlik bor va partiyangiz mana shu vazirligimiz bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Yosh avlodga qadimiy tariximiz, anʼanalarimizni o‘qitish borasida ham hamkorlik qilishimiz mumkin. Misrga borganimizdan so‘ng bu masala bilan albatta shug‘ullanamiz.