Parlamentlararo ittifoq assambleyasida


554     09.04.2025

Iordaniya delegatsiyasiga hamrohlik qilayotgan fraksiyamiz aʼzosi Nodir Tilavoldiyev mehmonlar bilan partiyamiz g‘oyalaridan kelib chiqib turizm, qo‘lyozma va ilmiy merosni tadqiq etish masalalarini muhokama qildi.

– Ikki davlatda ham bu borada hamkorlikni rivojlantirishga ehtiyoj ham, imkoniyat ham yetarli, – deydi Nodir Tilavoldiyev. 

Maʼlumki, yurtimizdagi ilmiy-tadqiqot markazlarida minglab nodir qo‘lyozmalar saqlanadi va ularni tadqiq etishda Iordaniya bilan hamkorligimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Turizmda ham imkoniyatlar yetarli. Iordaniyalik sayyohlar uchun Imom Buxoriy va Bahouddin Naqshband maqbaralarini ziyorat qilishi muhim bo‘lsa, ushbu davlatdagi Sahobalar maqbaralari va el-Karak shahridagi ziyoratgohlar doimo turistlar bilan gavjum.