577 10.04.2025
Assambleyada nigeriyalik deputatlarga boshchilik qilgan ushbu davlat Vakillar palatasi raisi o‘rinbosari Benjamin Kalu mehmondo‘stlik, ochiq muloqot uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistondagi islohotlar tizimli va zamonaviy yondashuvlar asosida olib borilayotganini taʼkidladi.
“Albatta, o‘rganishimiz kerak bo‘lgan jihatlar ko‘p ekan va shu jihatdan bu tashrif men uchun ham, mamlakatim uchun ham muhim ilhom manbai bo‘ldi”, — dedi Benjamin Kalu.
Fraksiyamiz aʼzosi Farhod Zayniyevning maʼlum qilishicha, mehmonlar Geologiya fanlari universitetida ham bo‘lib, qurilish, energetika, geologiya, taʼlim va kadrlar tayyorlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, oliygoh muzeyi, talabalar hayoti bilan tanishgan.