694 11.04.2025
Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Toshkentda o‘tkazilishi mamlakatimiz uchun xalqaro parlamentlararo hamkorlikni yanada mustahkamlashga keng yo‘l ochib berdi.
“Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati” mavzusida o‘tkazilgan ushbu nufuzli assambleya dunyoda tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash, barqaror rivojlanish, kambag‘allikni qisqartirish, inson huquqlari, gender tenglik, iqlim o‘zgarishi kabi masalalar dunyo parlamentlarining diqqat markazida ekanligi va bu borada olib borilayotgan saʼy-harakatlarni yanada kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘ldi.
Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi esa global ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun “yo‘l xaritasi” bo‘lib xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etdi.
Assambleya ishtirokchilarining muhokama qilingan dolzarb masalalarga bo‘lgan munosabatlari, ayniqsa, dunyoda tinchlikni mustahkamlash yo‘lida fikr-mulohazalari hamjihatlikda birlashganining guvohi bo‘ldik.
Bir so‘z bilan aytganda, Toshkent anjumanida insoniyat qadriyatining asosi bo‘lgan barqaror tinchilikka erishish uchun birlashishi lozimligi, shundagina real natijaga erishishi mumkinligi yana bir bor o‘z isbotini topdi.
Sayyora JUMAYEVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi "Milliy tiklanish" fraksiyasi a'zosi