220 11.04.2025
Partiyaning Qashqadaryo viloyati Kengashi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar ishtirokida Kitob tumanida milliy xalq o‘yinlari festivali o‘tkazildi.
“Milliy qadriyatlar bilan maʼnaviy kamolot sari!” shiori ostida o‘tkazilgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad: ajdodlarimiz merosini asrash va targ‘ib qilish orqali yoshlar ongiga milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatni singdirish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iboratdir.