Dunyo urush haqida, biz esa farovonlik haqida gapiryapmiz


679     14.04.2025

Fraksiya yig‘ilishi Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 9-aprel kuni turizm va investitsiya masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi muhokamasi bilan boshlandi.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm eksporti 1,6 karra oshib, 3 mlrd 500 mln dollarga yetdi. Sohada 2 mingdan ortiq yangi tadbirkor ish boshladi. O‘tgan yili xorijiy sayyohlar tashrifi ilk bor 10 mln dan oshdi.

– Bugun dunyo urush haqida gapirayotgan bir paytda mamlakatimizda turizm, xorijiy investitsiya masalalarini muhokama qilyapmiz. Bu ham Yangi O‘zbekiston islohotlari natijalari bilan bog‘liq, – dedi fraksiya rahbari Alisher Qodirov.