Sudning ruxsatisiz maʼlumotlar oshkor qilinmaydi


594     14.04.2025

Har qanday vaziyatda inson shaʼni, qadr-qimmati bilan bog‘liq maʼlumotlar oshkor qilinmasligi lozim. Ammo amalda yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish taqiqlangan bo‘lsada, ogohlantirishlarga qaramay protses ishtirokchilari tomonidan e'lon qilib yuborilyapti. Qonunchilikda bundaylarga qarshi javobgarlik belgilanmagani ham sabab bo‘lmoqda. Muhokama qilingan qonun loyihasida ushbu bo‘shliq to‘ldirilyapti. 

– Endi sudning ruxsatisiz yopiq sud majlisi maʼlumotlarini oshkor qilish mumkin emas, buning uchun jinoiy javobgarlik belgilanyapti – dedi fraksiya aʼzosi Davron Aripov.