Yangiliklar

294 21-07-2022
Pul viloyatda, muammolar tumanda
Fraksiya aʼzosi Jahongir Abdurasulov tumanlarda ichimlik va oqova suv bilan bog‘liq masalani ko‘tardi.
– Tumanlarda ushbu xizmatdan to‘planadigan mablag‘ tumanga emas, viloyat boshqarmalari hisob-raqamiga o‘tkaziladi. Muammo esa, tumanda. Yaʼni, bu tartib tumanlardagi ichimlik va oqova suv bilan bog‘liq muammolarni yanada ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda, – dedi deputat.
Soha mutaxassislari ushbu masalaga izoh berar ekan, tumanlarda to‘planadigan mablag‘lar muammolarni hal qilishga yetmasligini, shu bois, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilinishini maʼlum qildi.