“Erta turmush – qadriyat emas!”


541     15.04.2025

Xabaringiz bor, "Milliy tiklanish" partiyasi dasturiy vazifalaridan kelib chiqib, shu kunlarda erta nikoh, voyaga yetmagan qizlarni unashtirish kabi salbiy illatlarga qarshi targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazmoqda. 

Markaziy kengash ishchi guruhi yaqinda O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali hamda Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘tkazilgan “Erta turmush – qadriyat emas!” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi. Talaba onalar va qizlarga yaratilgan shart-sharoitlar, shuningdek, Jizzax davlat pedagogika universitetida talaba onalar uchun qurilayotgan maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi bilan tanishdi.