882 17.04.2025
Turizmni rivojlantirishda transport xizmatining o‘rni muhimligidan kelib chiqib, ushbu yo‘nalishda ham samarali ishlar qilinyapti. Partiyaning Andijon viloyati Kengashi vakillari, deputatlardan iborat ishchi guruh yaqinda Andijon temir yo‘l vokzalida bunga guvoh bo‘ldilar.
300 kishilik kutish zali, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, ovqatlanish joyi, toza ichimlik suvi, hatto gazeta va jurnallar sotish shoxobchasi, bolalar maydonchasi tashkil qilingan. Lekin xalqaro qatnovlar yo‘q. Ishchi guruh turizm uchun shuncha ishlar qilinibdi, nima uchun xalqaro qatnovlar yo‘lga qo‘yilmagan, degan savolni o‘rtaga tashladi.