“Toshkent ostonasi”da muammo ham bo‘lishi mumkin emas


491     17.04.2025

Nazorat-tahlil tartibida yaqinda Markaziy temir yo‘l vokzalini o‘rgangan partiyaning Toshkent shahar Kengashi ishchi guruhi bu safar xalqaro aeroportda bo‘ldi. O‘rganishlar davomida yo‘lovchilar noroziligiga sabab bo‘ladigan kamchiliklar aniqlanmadi. Imkoniyati cheklanganlar uchun ham qulay sharoitlar yaratilgan.

Ishchi guruh davlat tili qoidalariga amal qilinayotgani, kutish zali devorlariga milliy qadriyatlarimizni ko‘z-ko‘z qiluvchi suratlar ilinganini alohida eʼtirof etishdi. To‘g‘rida, o‘tgan yili 9 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan “Toshkent ostonasi”da muammo ham bo‘lishi mumkin emasda.