700 17.04.2025
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.
“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzolari ishtirokida o‘tgan tadbirda so‘zga chiqqanlar taʼkidlaganlaridek, Davlatimiz rahbari o‘z nutqida Yangi O‘zbekistonda parlamentarizmni rivojlantirish, dunyoda tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot va adolatni taʼminlashda Parlamentlararo Ittifoqning ishtirokini kengaytirish, global muammolar yechimi bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdilar.
Ayniqsa, Ittifoq doirasida O‘zbekistondagi kabi Yoshlar parlamentlari global platformasini tashkil etish taklifi barcha ishtirokchilar tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi. Zero, Yoshlar tuzilmasi parlamentlar uchun yangi avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz.