677 18.04.2025
O‘quv-tadqiqot va tahlil markazi tomonidan tashkil qilingan navbatdagi tadbirda partiyaning 2025-2029 - yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturi ijrosi bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.
Partiyaning besh yillik faoliyati dasturulamali hisoblangan Saylovoldi dasturi (https://mt.uz/saylovoldi-dastur)da elektorat manfaatidan kelib chiqib ilgari surilgan taklif va tashabbuslar ijrosi qay darajada bajarilgani bilan baholanadi. Shu maʼnoda, dastur hayotiyligini taʼminlash partiya uchun eng ustuvor vazifa sanaladi. Tadbirda dastur ijrosini taʼminlashda nimalarga eʼtibor qaratish lozimligi, bu borada partiya vakillari, deputatlar masʼuliyatini oshirish, mahalliy Kengash sessiyalariga masalalar kiritish bo‘yicha fikr-mulohazalar, takliflar bildirildi.