Aholi himoyasi yanada kafolatlanadi


637     21.04.2025

So‘nggi yillarda mamlakatimizda ham tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar tez-tez uchrab turmoqda va bundan aholi mol-mulki jiddiy ziyon ko‘ryapti. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, baʼzan fuqarolar ko‘rgan zarar masʼullar tomonidan to‘la qoplanmayapti va bu odamlarning haqli eʼtiroziga sabab bo‘lmoqda.

Fraksiya yig‘ilishida birinchi o‘qishda muhokama qilingan qonun loyihasi bilan tabiiy hamda texnogen favqulodda vaziyatlar zararini baholash va qoplashning huquqiy asosi mustahkamlanyapti.