“Makler”lar ishi tartibga solinyapti


785     21.04.2025

Yig‘ilishda Rieltorlik, yaʼni “makler”lar faoliyatini tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilindi. Loyiha bilan xorijiy tajribadan kelib chiqib, ushbu biznesni “soyadan” chiqishini rag‘batlantirish chora-tadbirlari belgilanyapti. Ya'ni, ushbu faoliyat tartibga solinmoqda va bu yo’nalishda aholiga sifatli hamda ishonchli xizmat ko’rsatish nazarda tutilmoqda.

Shahnoza Joldasova: aksariyat davlatlarda fuqarolar uy-joyini faqat rieltorlik xizmati orqali sotish majburiyati belgilangan. Mazkur qonun loyihasida bu masala qanday hal qilinyapti?

Mas'ullar bunga javoban loyihada fuqarolar o‘zining uy-joyini xohlasa rieltorlar orqali, xohlasa o‘zi mustaqil sotish mumkinligi qonuniy asosda belgilanayotganligini ma'lum qildi.