741 22.04.2025
“University of Business and Science” nodavlat oliy taʼlim muassasasining Toshkent filialida “Deputat va yoshlar” uchrashuvi doirasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Go‘zal Samiyeva ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
“Milliy tiklanish” fraksiyasi aʼzosi avvalo talabalarni partiyaning Saylovoldi dasturida tarbiya va taʼlim, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz ruhida voyaga yetkazish, oliy taʼlimni rivojlantirish bo‘yicha ilgari surilgan taklif va tashabbuslar haqida maʼlumotlar berdi. Deputat masʼuliyati, yoshlar kelajagi bo‘yicha qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlar bilan tanishtirdi. Talabalar savollariga javob berdi.