403 22.04.2025
Partiyaning Toshkent viloyati Kengashi tomonidan “Talaba ona” ijtimoiy loyihasi doirasida Chirchiq davlat pedagogika universitetida “Maʼrifatli ona – qudratli millat” shiori ostida maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Shuningdek, partiya vakillari tomonidan oliygohda taʼlim olayotgan talaba-onalarga qulayliklar yaratish bo‘yicha qilinayotgan ishlar o‘rganildi va bu borada partiya dasturida belgilangan vazifalar bo‘yicha maʼlumotlar berildi.
Chirchiq davlat pedagogika universitetida bugungi kunda 1984 nafar talaba-ona tahsil olmoqda. Ularning 43 nafari bola parvarishi uchun taʼtil olgan.