Bir-biriga zid manzaralar


454     24.04.2025

Toshkentdagi maktablarni o‘rganishni boshlagan fraksiyamiz aʼzolari mahalliy deputatlar hamrohligida bir-biriga zid manzaralarga guvoh bo‘ldilar.

Yunusobod tumanidagi 9-sonli maktabda havas qiladigan sharoitlar yaratilgan. Ammo Shayxontohurdagi 115-sonli maktab haqida bunday deb bo‘lmaydi. O‘tgan o‘quv yilida maktabni tugatgan 42 nafar o‘quvchidan 24 nafari oliy taʼlimga kirganidan bilish mumkinki, taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan. To‘g‘ri, maktab salohiyatini bu bilan o‘lchash noto‘g‘ridir. Lekin o‘zaro suhbatda o‘quvchilarning taʼlimga, fanlarni o‘zlashtirishga, badiiy mutolaaga qiziqishi yo‘qligi maʼlum bo‘ldi. Albatta, bunda o‘qituvchilarning ham, ota-onalarning ham aybi borligi alohida ko‘rsatib o‘tildi.

Sirg‘ali tumanidagi 1963-yilda qurilgan 350-sonli taʼmirtalab maktabda esa na sport zali, na ichki xojatxonasi bor. Badiiy adabiyotlar taʼminoti ham yaxshi emas. “Milestone International School” xususiy maktabi esa o‘z nomi bilan xususiy maktab.