686 24.04.2025
Sirdaryoga otlangan deputat Sherzod Qulmatov partiyaning Markaziy va viloyat Kengashi vakillari hamrohligida Oqoltin tumanidagi 2-sonli maktab jamoasini quvontirishdan boshladi. Partiya vakillari Respublika “Kitobxonlik haftaligi” (https://t.me/uz_milliytiklanish/28927) doirasida maktab kutubxonasiga badiiy kitoblar sovg‘a qildi.
– Oqoltinda biz kirmagan maktab qolmadi hisob, endi viloyatdagi boshqa maktablarga ham badiiy adabiyotlar sovg‘a qilishni boshlamoqchimiz. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, nashriyotlar, maʼrifat ulashuvchi saxovatpesha insonlar bilan bu borada hamkorlikni yo‘lga qo‘yganmiz, – dedi viloyat Kengashi raisi Norbobo Soatov.