Taraqqiyot faqat moddiy boylik va texnologik o‘sish bilan belgilanmaydi


598     24.04.2025

Xitoyning Urumchi shahrida o‘tkazilayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti siyosiy partiyalari forumida “Milliy tiklanish” partiyasi fraksiyasi rahbari o‘rinbosari Nodir Tilavoldiyev ham ishtirok etyapti. “Modernizatsiyaga erishish yo‘lida sivilizatsiyalararo muloqot va o‘zaro tajriba almashish jarayonini mustahkamlash” mavzusida chiqish qilgan partiyamiz vakili bugun zamonaviy taraqqiyot faqat moddiy boylik va texnologik o‘sish bilan belgilanmasligi, asosiy mezon – inson qadri, madaniyatlararo bag‘rikenglik, global hamkorlik va o‘zaro tushunish kabi qadriyatlarga tayanishini taʼkidladi.

Nodir Tilavoldiyev: “Shu bois, “Milliy tiklanish” zamonaviylikni aynan sivilizatsiyalararo muloqot va o‘zaro tajriba bilan uyg‘unlikda ko‘radi. Partiyamizning “Qadriyatlarga tayangan taraqqiyot” g‘oyasining mohiyati ham shu aslida.