Maʼnaviy tanazzulga yetaklovchi masala muhokama qilindi


802     24.04.2025

Bugun to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, erta nikohning oldini olish mavzusi yana kun tartibiga chiqdi. Surxondaryoda o‘rganishlar olib borayotgan deputatlar Nazira Muxtorova hamda Go‘zal Samiyeva boshchiligidagi ishchi guruh Termiz shahridagi “Alpomish”, Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Qorayontoq” mahallalari faollari bilan uchrashib, ushbu masala yuzasidan o‘zaro fikr almashdi. Aholining bu boradagi fikrlari, takliflarini o‘rgandi.

Maʼlum qilinishicha, 7300 nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan “Alpomish” mahallasida o‘tgan yillar davomida birorta ham erta nikoh qayd etilmagan.