807 24.04.2025
Partiya fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov boshchiligidagi ishchi guruhning Qashqadaryodagi o‘rganishlari G‘uzor tumanidagi “Avg‘onbog‘”, “Obixona va minora” hamda “Mirijanda” tarixiy obidalari bilan tanishuvdan boshlandi. So‘ngra Qarshi shahridagi monomarkaz faoliyatini o‘rgandi.
Markazda mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan 38 ta yo‘nalish bo‘yicha kurslar tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda bitirgan 813 nafar tinglovchining 705 nafari bandligi taʼminlandi. Shulardan 32 nafarini nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkil etadi.
– Biz arzon ishchi kuchi emas, xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashimiz kerak. Shunda xorijga ketayotgan yoshlarimizning ham qiymati, ham daromadi oshadi, – dedi Alisher Qodirov bu borada markaz rahbariyatiga o‘z tavsiyalarini berib.