“18 yoshga to‘lsam, albatta “Milliy tiklanish”ga aʼzo bo‘laman


583     25.04.2025

Yaqinda “Milliy tiklanish” partiyasi tashabbusi bilan “Tong yulduzi” gazetasi hamkorligida o‘quvchilar o‘rtasida “Boylikni bolalikdan asrang!” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazilgan edi. Unda Samarqand shahridagi 81-sonli maktabning 9-sinf o‘quvchisi Anisa Abdukarimova sheʼriyat yo‘nalishida faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan, ammo g‘olib qiz tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimida ishtirok eta olmagan edi.

Samarqandga safarga otlangan fraksiyamiz aʼzosi Bekmirza Eshmirzayev ushbu maktabga borib, Anisaxonga partiyaning

II darajali diplomi va esdalik sovg‘asini topshirdi.  

– Mening kichik ijod mahsulim yuqori baholanganidan xursandman. Maktabdoshlarim oldida menga topshirilgan mukofotdan nafaqat ruhlandim, partiyaga qiziqishim ham oshdi. 18 yoshga to‘lsam, albatta “Milliy tiklanish”ga aʼzo bo‘laman, – dedi g‘olib qiz.