Prezident eʼtirofi isbotini ko‘rdik


585     25.04.2025

Andijonda o‘rganishlar olib borayotgan fraksiyamiz aʼzolari Umida Rahmonova va Baxtiyor Maniyazovlar Xo‘jaobod tumani “Yuksalish” mahallasida o‘z tomorqasidan yaxshigina daromad olishni ko‘zlab turgan oilalarda bo‘ldi. Xulosa shu: tuman hokimligi va “mahalla yettiligi” ko‘magi bilan aholining bahorgi ekinlardan ikki-uch barobar hosil olishni kafolatlovchi tizim yaratilgan.

Deputatlar tumandagi yosh tadbirkor Farruxbek Abduvaliyev faoliyati bilan tanishib, yanada xursand bo‘ldi. Bir necha yil oldin kam foizli kredit olib, 5 nafar tikuvchi bilan o‘z biznesini boshlagan yosh tadbirkor bugun mahalladagi 30 nafar xotin-qizlarni ishli qilgan. Korxonada kuniga 1000 tagacha mahsulot tayyorlanib, ichki bozorga sotilmoqda.

Ha, yaqinda ushbu viloyatda bo‘lgan Prezident bejizga Andijonni har bir mahallasiga, xonadoniga Yangi O‘zbekiston islohotlari, g‘oyasi, ruhi kirib borgan hududlardan biri sifatida eʼtirof etmagan ekan.