576 25.04.2025
Farg‘onaliklarning og‘irini yengil qilishga hissa qo‘shaman deb ushbu viloyatda yurgan fraksiya a’zosi Sayyora Jumayevaning haqiqatan ham vaqti juda tig‘iz. Deputat viloyat kutubxonachilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” tanlovi g‘oliblariga partiyaning esdalik sovg‘alarini topshirib, ularni Samarqandga sayohatga olib borish taklifini kiritdi-yu, Oltiariqqa yo‘l oldi.
Deputatni tuman hokimligida oilaviy ajrimlar, to‘y-hashamlarni ixchamlashtirish, erta nikohning oldini olish masalasida mutasaddilar bilan uchrashuv kutib turibdi. Chunki Oltiariqda yechimini kutayotgan muammolar bor. Tumanda joriy yilning uch oyida 65 ta ajrim qayd etilgan. Tuman FHDYO bo‘limida ham hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalar ko‘p ekan.