453 25.04.2025
Partiya vakillari, fraksiya aʼzolari, mahalliy deputatlardan iborat ishchi guruh tomonidan shu kunlarda “Turizm to‘g‘risida”gi qonun ijrosi o‘rganilmoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Jumanazar Atajonov ushbu o‘rganishlar doirasida Ichan qalʼa davlat muzey-qo‘riqxonasi mutasaddilari bilan qator muammolarni muhokama qildi.
Muammolar “Gid ekskursovod”lar malakasini oshirish, sertifikatsiyalashni soddalashtirish, ularning oylik maoshlari, eksponatlar sotib olishga ajratilayotgan mablag‘lar bilan bog‘liq.