528 25.04.2025
Xo‘jaobod tumanidagi “Usta Rahmon” fermer xo‘jaligi bilan tanishgan fraksiya aʼzolari bu yerda “Andijonliklar har bir qarich yerning qadriga yetadi” degan iboraning isbotini ko‘rdi. Fermer ham 12 gektar yerga ekilgan sarimsoqdan, ham iyulda bo‘shaydigan yerga takroriy ekin sifatida ekiladigan sholidan mo‘may daromadni ko‘zlab turibdi. Keyingi reja meva-sabzavotlar uchun sovutgichli omborxona qurish.
“Ishning ko‘zini biladigan fermerlarning davri keldi. Tomchilab sug‘orishda ishlatilgan elektr energiyaga 50 foiz chegirma, mahsulot ko‘p yetishtirsak soliq imtiyozi berilar ekan. Endi ayrim mutasaddilar ishimizga xalaqit bermasa bo‘ldi, bozorlarimizni poliz ekinlari bilan to‘ldiramiz, eksport ham qilamiz”, – deydi fermer xo‘jaligi rahbari.