Deputat kun tartibida korrupsiya va soliq siyosati


996     25.04.2025

Deputat Ruslan Jumamuratov korrupsiyaga qarshi kurashish, maishiy korrupsiyaga olib kelayotgan omillarni aniqlash, mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda bu borada jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida Nukus shahri va tumani aholisi, “Mahalla yettiligi” vakillari bilan uchrashdi.

Deputatning Soliq boshqarmasi vakillari bilan uchrashuvida esa Davlatimiz rahbari ishtirokida joriy yilning 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari ishtirokidagi uchrashuvida belgilangan vazifalar muhokama qilindi. Biznes vakillari manfaatidan kelib chiqib, tizimni soddalashtirish, soliq yukini kamaytirish, imtiyozlardan foydalanish, shuningdek, murojaatlar asosida Soliq kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha fikr almashildi.